A PHP Error was encountered

Severity: Warning

Message: Trying to access array offset on value of type null

Filename: controllers/Site.php

Line Number: 211

Backtrace:

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/application/controllers/Site.php
Line: 211
Function: _error_handler

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/index.php
Line: 315
Function: require_once

Quva.uz - 2021 YIL 1 SENTYABRDAN BOSHLAB 14 YOSHGACHA BOLALARI BO’LGAN OILALARGA NAFAQA HAMDA BOLA 2 YOSHGA TO’LGUNIGA QADAR UNI PARVARISH QILISH NAFAQASI O’RNIGA KAM TA'MINLANGAN OILALARGA 18 YOSHGACHA BOLALAR TAYINLANADI
Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


2021 YIL 1 SENTYABRDAN BOSHLAB 14 YOSHGACHA BOLALARI BO’LGAN OILALARGA NAFAQA HAMDA BOLA 2 YOSHGA TO’LGUNIGA QADAR UNI PARVARISH QILISH NAFAQASI O’RNIGA KAM TA'MINLANGAN OILALARGA 18 YOSHGACHA BOLALAR TAYINLANADI

×

 2021-09-23 09:37:28    10609

PDF yuklash
Chop etish


Bola tarbiyalayotgan oilalarni qo’llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj oilalar moddiy ta'minotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umume'tirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to’lash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishga qaratish maqsadida:

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

a) 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o’rniga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi o’rinlarda — bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:

inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;

to’lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;

uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo’llaniladi;

b) yakka-yolg’iz bo’lgan fuqarolarga, farzandi bo’lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo’lgan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam to’lovlarining quyidagi miqdorlari belgilansin:

 

a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

250 000 so’m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so’m — yoshi  3 yoshgacha bo’lgan bitta kichik farzandi uchun;

150 000 so’m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo’shimcha;

100 000 so’mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

b) kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so’m.

Bunda, 2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamni to’lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to’lash muddatlari saqlab qolinadi.

 

R.Turdiyev  

Quva tuman Byudetdan tashqari
pensiya jamg’armasi raxbari


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube