A PHP Error was encountered

Severity: Warning

Message: Trying to access array offset on value of type null

Filename: controllers/Site.php

Line Number: 211

Backtrace:

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/application/controllers/Site.php
Line: 211
Function: _error_handler

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/index.php
Line: 315
Function: require_once

Quva.uz - Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limi hodimlari o‘zlari o‘qigan maktablarga kitob sovg‘a qildilar.
Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limi hodimlari o‘zlari o‘qigan maktablarga kitob sovg‘a qildilar.

×

 2019-04-04 22:53:16    2564

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha keyingi paytda birmuncha ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.

Xususan, xalqimiz, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni joylarga, ta’lim muassasalariga etkazish, farzandlarimizda bolalikdan boshlab kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish yosh kelajakning rivojlanishi uchun muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Ta’lim va madaniyat muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan bir qator tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 26 mart kuni yosh avlodni tafakkuri, ma’naviy ongi, so‘z boyligi va saloxiyatini oshirishga mo‘ljallangan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 

Xususan, xodimlari o‘zi istiqomat qilayotgan manzilga yaqin xududda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarga jami 940 dona ilmiy, badiiy, sheriy va qiziqrli kitoblar sovg‘a kilishdi. Bu orqali yosh avlodni ma’naviy sog‘lom, etuk fan va adabiyot arboblari bo‘lib etishishlari uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu kabi tadbirlar doimiy tashkil qilinishi rejaga kiritilgan bo‘lib, mazkur tadbirlar yuzasidan axborot berib borilishi ma’lum qilinadi.

MIB Kuva Tuman bulimi

katta inspektori I.I.Usmonov