A PHP Error was encountered

Severity: Warning

Message: Trying to access array offset on value of type null

Filename: controllers/Site.php

Line Number: 211

Backtrace:

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/application/controllers/Site.php
Line: 211
Function: _error_handler

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/index.php
Line: 315
Function: require_once

Quva.uz - FARZANDIM BILAN FAXRLANAMAN
Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FARZANDIM BILAN FAXRLANAMAN

×

 2020-01-14 13:53:27    787

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev va O’zbekiston Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugi qo’mondoni Lutfullo Buzrukovlar yurt tinchligi va xalq osoyishta hayoti uchun jon fido etgan vatanimizning mard o’g’lonlari xonadoniga tashrif buyurdi

Boburjon G’aniyev ham ana shunday mard o’g’lonlardan biri edi. U 2000 yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlariga bostirib kelgan bir guruh terrorchilarga qarshi olib borilgan janglarda mardonavor kurashgan va xizmat burchini bajarayotgan chog’ida qahramonlarcha halok bo’lgan. Jangda shahid bo’lgan Boburjonning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Marg’ilon shahridagi o’zi tahsil olgan 13-umumta'lim maktabida byusti o’rnatilib, u yashagan ko’chaga uning nomi qo’yilgan, xonadoniga uy-muzeyi tashkil etilgan.

     Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev tashrif chog’ida G’aniyev Boburjonning onasi Munavvarxon G’aniyeva bilan sammiy suhbatlashdi. Munavvarxon ayaga Boburjon G’aniyevdek mard va jasur farzand tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirdi, sog’lik-salomatlik tiladi.

-Farzandlarim, umuman olganda oilamiz harbiylar oilasi. Turmush o’rtog’im, o’zimning onam ham harbiy bo’lishgan. Boburjon o’g’limning dunyoqarashi va fikrlashi keng edi. Vatanparvarlik, mardlik, fidoiylik haqida juda ko’p gapirardi. Orzu umidlari ko’p edi. Men hech qachon afsuslanmayman. Bolam o’zidan ulug’ nom qoldirdi. Bayram kunlari xonadonimiz bolamni yo’qlab keluvchilar bilan gavjum bo’ladi. Viloyatimiz hokimining tashrifi, ularning e'tiborini Prezidentimiz va hukumatimizning e'tibori deb bilaman,-deydi Munavvarxon aya.

Hokim va qo’mondon Bobur G’aniyev uy muzeyi bilan tanishdilar. Munavvarxon ayaga sovg’a salomlar, muzeyga esa issiq-sovuq havo tarqatuvchi jihozlar topshirishdi.

      Farg’ona viloyat hokimligi Axborot xizmati