Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TA'ZIM

2020-01-14 16:39:48 720
Yurtni mardlar qo’riqlaydi, deb kuylaydi xonandalar. Mardlik avvalo fidoiylikdir. Yurtga, elga, mustaqillikka fidoiylik vatanini chin yurakdan sevgan sadoqatli insonlarda bo’ladi.

Qahramonni ham onasi dunyoga keltirgan. Shuning uchun 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni bo’ladigan eng muhim voqelik “Motamsaro ona” haykali poyiga umid chechaklari, gul g’unchalarini qo’yib mard o’g’lonlarni tarbiyalab bergan ona siymosi qarshisida ehtirom ila ta'zimda bo’lishdir.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev, viloyat jamoatchilik vakillari, yoshlar shahardagi “Motamsaro ona” majmuasiga kelib ona haykalini gulga to’ldirdilar.



Shundan so’ng Sharqiy harbiy okrug qo’shinlarining jangovar guruhlari shahdam qadam tashlab safdan o’tdilar.


Tadbirda Farg’ona shahrining minglab aholisi ishtirok etdi.


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.