A PHP Error was encountered

Severity: Warning

Message: Trying to access array offset on value of type null

Filename: controllers/Site.php

Line Number: 211

Backtrace:

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/application/controllers/Site.php
Line: 211
Function: _error_handler

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/index.php
Line: 315
Function: require_once

Quva.uz - Yoshlarga yangi uy kaliti topshirildi
Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Yoshlarga yangi uy kaliti topshirildi

×

 2017-10-13 16:33:10    1137

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida yosh oilalarga mo’ljallangan to’rt qavatli uy foydalanishga topshirildi.48 xonadondan iborat zamonaviy uyda   fantalimmadaniyat va sport sohalarida yuksak natijalarga erishgan yoshlar istiqomat qiladi.

Shu munosabat bilan o’tkazilgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini rag’batlantirish, yosh oilalarga munosib turmush sharoiti yaratishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi. 

Tabiiy iqlim sharoiti hisobga olingan holda, zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qisqa muddatda bunyod etilgan uy qurilishida yurtimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanildi. 

– Prezidentimiz rahnamoligida yosh oilalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibordan nafaqat yoshlar, balki ularning ota-onalari, butun xalqimiz xursand bo’lmoqda, – deydi O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona shahar kengashi raisi Farhod Abdillazov. – Bu uylarda yosh oilalarning zamonaviy hayot kechirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Uylarning imtiyozli kredit asosida berilayotgani yosh oilalarga Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi oldidan munosib sovg’a bo’ldi. Yangi uyga ko’chib o’tgan yosh oilalar davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan bunday g’amxo’rlikdan mamnun. 

– Bu quvonchli voqea butun umr xotiramda qoladi, – deydi boks bo’yicha ko’p karra O’zbekiston chempioni, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori Azamat Abduhakimov. – Ikki xonali uyda oilamiz bilan baxtiyor hayot kechirishimiz uchun barcha sharoit muhayyo. Biz, yoshlar ko’rsatilayotgan bunday yuksak ehtibor va g’amxo’rlikka xalqaro maydonlarda erishadigan yutuqlarimiz bilan javob beramiz. Eng ulug’, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 26 yilligi bayramini yangi uyda nishonlaymiz. 

Yoshlarga yangi uy kalitlarini shahar hokimi Sh.Erkaboev topshirdi.