A PHP Error was encountered

Severity: Warning

Message: Trying to access array offset on value of type null

Filename: controllers/Site.php

Line Number: 211

Backtrace:

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/application/controllers/Site.php
Line: 211
Function: _error_handler

File: /var/www/vhosts/quva.uz/old.quva.uz/index.php
Line: 315
Function: require_once

Quva.uz - Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda aholini ro‘yxaiga olishning roli katta
Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda aholini ro‘yxaiga olishning roli katta

×

 2022-06-17 10:32:00    388

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta’sir ko‘rsatgan o‘zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yil 10-iyundagi «2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar» rezolyutsiyasiga tayanib, a’zo-davlatlarni 2020-yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga taalluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishni qat’iy da’vat etadi. Shunga ko‘ra,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasi qabul qilindi Bunda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsadi, asosiy vazifalari va  bosqichlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra  aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olib, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10 — 30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish imkonini beradi. U aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.